FK2 · 1184-modda

1184-modda. Ashyoviy huquqlarga nisbatan qoʻllaniladigan huquq toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Koʻchmas va koʻchar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.

Mol-mulkning koʻchmas yoki koʻchar ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.