# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1184-modda. Ashyoviy huquqlarga nisbatan qoʻllaniladigan huquq toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1184 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Koʻchmas va koʻchar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi. Mol-mulkning koʻchmas yoki koʻchar ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)