# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1194-modda. Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1194 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi. Chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan boʻlsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi. Agar zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi boʻyicha gʻayriqonuniy boʻlmasa, chet el huquqi qoʻllanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)