# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1195-modda. Isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1195 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarni sotib olish, ishni bajarish yoki xizmatni koʻrsatish munosabati bilan isteʼmolchi koʻrgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan isteʼmolchining xohishiga koʻra: isteʼmolchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi; ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat koʻrsatgan shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi; isteʼmolchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki unga xizmat koʻrsatilgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)