# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 387-modda. Shartnomaning tovar toʻgʻrisidagi sharti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/387 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha har qanday ashyolar ushbu Kodeksning 82-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda tovar boʻlishi mumkin. Shartnoma, agar qonunda boshqacha hol belgilangan boʻlmasa yoki u tovarning xususiyatidan kelib chiqmasa, shartnomani tuzish paytida sotuvchida mavjud boʻlgan tovarni, shuningdek kelajakda sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida tuzilishi mumkin. Agar shartnoma tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar toʻgʻrisidagi oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)