# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 388-modda. Tovarni topshirish yuzasidan sotuvchining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/388 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)