# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 396-modda. Sotuvchi tovarni topshirishdan bosh tortishining oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/396 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar sotuvchi sotilgan tovarni sotib oluvchiga topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Sotuvchi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi sotuvchiga ushbu Kodeksning 331-moddasida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)