# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 398-modda. Tovarning miqdori > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/398 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan tovarning miqdori oldi-sotdi shartnomasida tegishli oʻlchov birliklarida yoki pulda nazarda tutiladi. Tovarning miqdori toʻgʻrisidagi shart shartnomada uni aniqlash tartibini belgilash yoʻli bilan kelishilishi mumkin. Agar oldi-sotdi shartnomasi topshirilishi lozim boʻlgan tovar miqdorini aniqlash imkonini bermasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)