# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 412-modda. But tovarlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/412 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga muayyan tovarlar toʻplamini but holida (but tovarlar) berish majburiyati belgilangan boʻlsa, but holdagi barcha tovarlar berilgan paytdan boshlab majburiyat bajarilgan hisoblanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi but holdagi barcha tovarlarni sotib oluvchiga bir vaqtda topshirishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)