# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 413-modda. But boʻlmagan tovarni topshirish oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/413 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. But boʻlmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi oʻz ixtiyoriga koʻra sotuvchidan: xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni; tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash toʻgʻrisidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi oʻz ixtiyoriga koʻra: butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga; oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun toʻlangan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)