# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 429-modda. Tovarni namuna boʻyicha sotish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/429 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taraflar tovarni namuna (taʼrif, katalog va hokazo) boʻyicha olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin. Tovarni namuna boʻyicha sotish shartnomasi ushbu Kodeks 431-moddasining qoidalariga muvofiq bajariladi. Sotib oluvchi tovar topshirilgunga qadar sotuvchining chakana oldi-sotdi shartnomasini bajarishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq zarur xarajatlarini qoplash sharti bilan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)