# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 446-modda. Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/446 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) oʻzi qabul qilgan tovarni qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda koʻzdan kechirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari toʻgʻrisida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)