# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 450-modda. Idishlar va oʻrash materiallarini qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/450 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan koʻp marta ishlatiladigan idish va oʻrash materiallarini yetkazib beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart. Boshqa idish va oʻrash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)