# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 454-modda. Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik uchun neustoyka > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/454 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada belgilangan neustoyka, agar neustoykani undirishning boshqacha tartibi qonunda yoki shartnomada belgilanmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchidan shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga qadar undiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)