# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 475-modda. Abonent tomonidan energiyaning boshqa shaxsga berilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/475 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan tutashtirilgan tarmoq orqali qabul qilib olgan energiyani boshqa shaxs (qoʻshimcha abonent)ga faqat energiya bilan taʼminlovchi tashkilot roziligi bilan berishi mumkin. Agar qonunchilikda yoki energiya taʼminoti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, abonent tomonidan energiyani qoʻshimcha abonentga berish shartnomasiga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi. Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, energiyani qoʻshimcha abonentga berish chogʻida abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oldida javobgar boʻlib qolaveradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)