# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 477-modda. Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/477 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart. Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida isteʼmolni tartibga solish natijasida yuz bergan boʻlsa, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot aybdor boʻlgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)