# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 499-modda. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq tovarni topshirish majburiyatini muqobil bajarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/499 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlarni topshirish muddatlari bir-biriga toʻgʻri kelmagan taqdirda, tovarni topshirish majburiyatini boshqa taraf tovarni topshirganidan soʻng bajarishi lozim boʻlgan tarafning tovarni topshirish majburiyatini bajarishiga nisbatan majburiyatni muqobil bajarish toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)