# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 501-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olingan tovarni olib qoʻyganlik uchun javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/501 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qoʻygan taraf, ushbu Kodeksning 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)