# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 522-modda. Renta oluvchining talabiga koʻra doimiy rentani sotib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/522 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi toʻlovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli: agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, renta toʻlovchi uni toʻlash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda; renta toʻlovchi rentani toʻlashni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda; renta toʻlovchi toʻlovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda toʻlamasligini koʻrsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda; renta toʻlash sharti bilan topshirilgan koʻchmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs oʻrtasida taqsimlangan taqdirda; shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)