# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 525-modda. Umrbod renta oluvchilar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/525 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Umrbod renta mulkini renta toʻlash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot boʻlgan davrga yoki u koʻrsatgan boshqa fuqaro hayot boʻlgan davrga belgilanishi mumkin. Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yoʻl qoʻyiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot boʻlgan renta oluvchilarga oʻtadi, oxirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta toʻlash majburiyati bekor boʻladi. Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)