# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 528-modda. Umrbod renta shartnomasini renta oluvchining talabi bilan bekor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/528 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Renta toʻlovchi umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda renta oluvchi renta toʻlovchidan rentani ushbu Kodeksning 523-moddasida nazarda tutilgan shartlarda sotib olishni yoki shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar umrbod renta toʻlash sharti bilan tekinga kvartira, uy yoki boshqa mol-mulk topshirilgan boʻlsa, renta toʻlovchi shartnomaning muhim shartlarini jiddiy buzgan taqdirda renta oluvchi bu mol-mulkni uning qiymatini sotib olinadigan renta hisobiga qoʻshgan holda qaytarishni talab qilish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)