# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 531-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining shakli va shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/531 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasida boshqa shaxsga beruvchiga qanday moddiy taʼminot turlari berilishi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi va uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning qiymati koʻrsatilishi lozim. Beriladigan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira va moddiy taʼminot qiymati taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi ushbu Kodeks 110-moddasining qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)