# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 534-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning vorislarga oʻtishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/534 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oluvchi vafot etgan taqdirda umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar uning vorislariga oʻtadi. Oluvchining vorislari boʻlmaganida yoki ular umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini bajarishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaxsga beruvchiga qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)