# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 545-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/545 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnomada belgilangan boʻlmasa –– mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishi lozim. Agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)