# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 558-modda. Prokat shartnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/558 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Prokat shartnomasi boʻyicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun koʻchar mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi. Prokat shartnomasi boʻyicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, isteʼmol maqsadlarida foydalaniladi. Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)