# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 562-modda. Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/562 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qatʼiy summadagi toʻlovlar shaklida belgilanadi. Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi. Mol-mulkdan foydalanganlik haqi boʻyicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustxati asosida soʻzsiz undirib olinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)