# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 573-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/573 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Agar ushbu Kodeksning korxonani ijaraga berish toʻgʻrisidagi qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafning qoidalari korxonalar ijarasiga tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)