# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 580-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/580 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)