# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 581-modda. Ijaraga olingan korxonani topshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/581 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga olingan korxona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi boʻyicha topshiriladi. Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga olingan korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining zimmasidagi majburiyat hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)