# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 594-modda. Lizing beruvchining majburiyati va javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/594 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Lizing beruvchi lizing obyektini lizing oluvchiga shartnoma shartlariga javob beradigan holatda va unda kelishilgan muddatda topshirishi shart. Agar lizing beruvchining aybli harakatlari yoki yoʻl qoʻygan kamchiliklari tufayli mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki tegishli darajada sifatli boʻlmagan mol-mulk yetkazib berilgan boʻlsa, buning uchun u lizing oluvchi oldida javobgardir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)