# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 607-modda. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/607 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi boʻyicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini taʼminlashi va uni yaxshi holda tutishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini oʻzgartirishga haqli emas. Ijaraga oluvchi uy-joy haqini oʻz vaqtida toʻlab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)