# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 611-modda. Uy-joy uchun toʻlanadigan haq > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/611 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uy-joy uchun toʻlanadigan haqning miqdori taraflarning oʻzaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi. Basharti qonunga muvofiq uy-joy uchun toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdori belgilab qoʻyilgan boʻlsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim. Uy-joy uchun toʻlanadigan haqning miqdori bir tomonlama oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlab turilishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)