# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 612-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/612 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi. Bir yilgacha muddatga tuzilgan uy-joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 609-moddasida, ushbu moddaning uchinchi qismida, 613 va 614-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanmaydi. Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega. Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)