FK2 · 622-modda

622-modda. Tekin foydalanishga topshirilayotgan ashyoga uchinchi shaxslarning huquqi

Ashyoning tekin foydalanishga topshirilishi bu ashyoga uchinchi shaxslarning huquqlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.

Tekin foydalanish shartnomasini tuzishda ssuda beruvchi bu ashyoga uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va boshqalar) toʻgʻrisida ssuda oluvchini ogohlantirishi shart. Bu majburiyatni bajarmaslik ssuda oluvchiga shartnomani bekor qilish va haqiqiy zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.