# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 623-modda. Ssuda oluvchining ashyoni saqlash majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/623 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olingan ashyoni soz holatda saqlashi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi ashyoni joriy va kapital taʼmirlashi va uni saqlash bilan bogʻliq hamma xarajatlarni toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)