# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 626-1-modda. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/626-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga (ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi qismida, 607-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 609, 610-moddalarida, 612-moddasining birinchi qismida, 615-moddasining birinchi qismida, uchinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 616-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)