# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 628-modda. Tekin foydalanish shartnomasidan voz kechish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/628 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ashyodan tekin foydalanish muddati shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va shartnomada xabar qilishning boshqa muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan xohlagan paytda voz kechishga haqli. Agar tekin foydalanish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi muddati koʻrsatib tuzilgan shartnomadan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)