# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 638-modda. Ishga haq toʻlash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/638 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar pudrat shartnomasida bajarilgan ishga yoki uning ayrim bosqichlariga oldindan haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi pudratchiga shartlashilgan haqni ish tegishli tarzda va kelishilgan muddatda yoxud buyurtmachining roziligi bilan muddatidan oldin bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin toʻlashi shart. Pudratchi qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va miqdordagina oʻziga boʻnak yoki zakalat berilishini talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)