# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 645-modda. Buyurtmachining yordami > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/645 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Pudratchining ishni bajarishiga buyurtmachi pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda yordam berishi shart. Buyurtmachi bu majburiyatni bajarmasa, pudratchi koʻrilgan zararni, shu jumladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qoʻshimcha chiqimlarni qoplashni yoki ishni bajarish muddatini oʻzgartirish yoxud pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli. Buyurtmachining harakati yoki yoʻl qoʻygan xatosi tufayli pudrat shartnomasi boʻyicha ishni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnomada koʻrsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)