FK2 · 648-modda

648-modda. Ishning sifatiga kafolat berish

Qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan boʻlsa, pudratchi butun kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 647-moddasining birinchi qismi talablariga mos keladigan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi shart.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlar natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.