# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 648-modda. Ishning sifatiga kafolat berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/648 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan boʻlsa, pudratchi butun kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 647-moddasining birinchi qismi talablariga mos keladigan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi shart. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlar natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)