# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 649-modda. Kafolat muddatini hisoblash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/649 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilgan yoki qabul qilishi lozim boʻlgan paytdan oʻta boshlaydi. Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoxud u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, pudrat shartnomasi boʻyicha kafolat muddatini hisoblash uchun ushbu Kodeks 404-moddasining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar tegishincha tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)