# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 655-modda. Buyurtmachiga material va uskunalarni qaytarib berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/655 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar buyurtmachi ushbu Kodeks 642-moddasining toʻrtinchi qismiga yoki 650-moddasining uchinchi qismiga asosan pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechsa, pudratchi buyurtmachi tomonidan berilgan materiallarni, uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyo va boshqa mol-mulkni buyurtmachiga qaytarib berishi yoki buyurtmachi koʻrsatgan shaxsga topshirishi, agar buning iloji boʻlmasa — materiallar, uskunalar, ashyo va boshqa mol-mulkning qiymatini toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)