# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 673-modda. Ishga haq toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/673 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq toʻlaydi. Qonun yoki shartnomada tegishli koʻrsatmalar boʻlmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq toʻlanadi. Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan soʻng bir yoʻla va toʻliq hajmda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)