# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qoʻshimcha majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/675 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr taʼminoti tarmoqlari, suv va bugʻ quvurlari oʻtkazilishini taʼminlashi va boshqa xizmatlar koʻrsatishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)