# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 679-modda. Qurilish konservatsiya qilinganda buyurtmachining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/679 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlar toʻxtatilgan boʻlsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan boʻlsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini toʻlashi, shuningdek ishlarni toʻxtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)