# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 687-modda. Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/687 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa boshlangʻich maʼlumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi. Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlangʻich maʼlumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)