Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha quyidagilarni bajarishi:
barcha ishlar bajarib boʻlinganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga toʻlashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini toʻlashi;
pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat koʻrsatishi;
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi;
pudratchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlangʻich maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni pudratchiga toʻlashi;
tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.