# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 689-modda. Pudratchining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/689 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi: ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlangʻich maʼlumotlarga muvofiq bajarishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)