# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 695-modda. Shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/695 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, taraflar shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan maʼlumotlar hajmi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)